
Telegram’dagi o‘yin mexanizmlari – obunachilarga faolligi uchun ball berish jarayoni. Ular postlarga reaksiyalar qoldirishadi, mazmunli izohlar yozishadi (faqat ma’lum miqdordagi belgilar uchun ball berilishi haqida ogohlantirib qo‘yish lozim), boost yuboradi va do‘stlarini kanalga a’zo bo‘lishga taklif qiladi.
Foydalanuvchilar har safar Telegram’ga kirganda, ball olish uchun avvalo sizning kanalingizga tashrif buyuradi. Aytgancha, bu ballarni sovg‘alarga (pul, tovarlar, kursga kirish huquqi) almashtirish mumkin. Faollik ko‘rsatib, obunachilаr kontentingizga chuqurroq jalb bo‘ladi. Agar shu paytda kursga ‘’progrev’’ qilinsa – arizalar soni o‘sishi ta’minlanadi.
Telegram’dagi muvaffaqiyatli o‘yin misoli va uni qanday amalga oshirish mumkinligini ChatPlace mijozi misolida ko‘rib chiqamiz.

A nuqtasi: Telegram-kanalda 979 ta obunachi
Maqsad: yangi trafik jalb etish, telegram-kanalda faollikni oshirish, storislar joylash boost’ni qo‘lga kiritish.
Ishga tushiruvchi: ChatPlace’da Master-guruh o‘quvchisi Yelena Jons
Aleksandr mahsuloti: “Kattalardek meadiaviy yondashuv” kursi
Maxfiylik maqsadida geymifikatsiya davomidagi kurs sotuvlari haqidagi ma’lumotni oshkor qilmaymiz.

Ish bosqichlari
Aynan geymifikatsiyadan foydalanishga qaror qilindi, chunki ilgari uni shaxsiy akkauntda sinab ko‘rishgan va yaxshi natijalarga erishishgan edi. Bu mexanizmni ishga tushirish uchun eksperiment sifatida qabul qildik.
Kursni sotish uchun auditoriyani mo‘ljallangan ‘’progrev’’ uchun alohida Telegram-kanal yaratildi. Telegram’ga eng sodiq obunachilar o‘tgani sababli, o‘yinni aynan Telegram’da o‘tkazishga qaror qilindi.
O‘yinda ishtirok etish uchun bot’ni ishga tushirish kerak edi. Buni 865 kishi amalga oshirdi. Bu odamlarning barchasi manfaatdor maqsadli auditoriya bo‘lib, keyinchalik bo’tda sotuvga yo‘naltirilgan xabarlarni yuborish va uni ‘’progrev’’ uchun foydalanish mumkin bo‘lgan bazadir.

Telegram’da 5 kunlik o‘yin boshladik. Sovrin jamg‘armasi quyidagilardan iborat:
- Reklama uchun 50 000 rubl budjet
- Sasha Turlakovdan shaxsiy konsultatsiya (qiymati 100 000 rubl)
- Sasha Turlakovning jonli efirdagi shaxsiy tahlilida ishtirok etish imkoniyati
Bunday sovrinlar to‘plami blogerning mahsulotlariga e’tiborni jalb qildi va uning ekspertligini ta’kidladi. Shunday sovrin jamg‘armasi tufayli kanalda aynan ijtimoiy tarmoqlarda rivojlanish bilan qiziquvchi maqsadli auditoriya to‘plandi.Telegram-kanalda Aleksandr o‘z mahsulotiga faol qiziqish uyg‘otdi: obunachilar bilan tahlillar o‘tkazdi, rivojlanish mavzusida foydali postlar yozши сhiqardi va o‘z kursini e’lon qildi.
Telegram-kanalda Aleksandr o‘z mahsulotiga faol qiziqish uyg‘otdi: obunachilar bilan tahlillar o‘tkazdi, rivojlanish mavzusida foydali postlar yozши сhiqardi va o‘z kursini e’lon qildi.

Bepul mahsulot sifatida obunachilarga ega bo‘lish va ommaviy axborot vositalari bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Uning o‘ziga xos xususiyati 3 nafar ishtirokchining tahlili edi. Aleksandr obunachilarning loyihalari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirib, ularga keng auditoriyaga o‘zlarini tanitish imkoniyatini berdi.
Ijtimoiy isbotlash usuli o‘zini yaxshi tomomdan ko‘rsatdi: mahorat darsiga iloji boricha ko‘proq odamlarni jalb qilish uchun mutaxassis allaqachon qatnashayotganlarning fikrlarini faol ravishda ulashib, boshqalarni ham jalb qilishga motivatsiya berdi.
Barcha kursni sotib olishni xohlayotgani haqidagi skrinshot-postlardagi shov-shuv, obunachilarning ham ushbu hamjamiyatning bir qismi bo‘lish va yangi bilimlar olish istagini kuchaytirdi.
Ballar olish uchun obunachilarga quyidagilar talab etildi:
• postlar ostiga izoh yozish
• reaksiya bildirish
• kanalga obuna bo‘lish
• boost yuborish
• referal havola orqali do‘stlarni kanalga taklif etish

O‘zingizning birinchi o‘yiningizni yaratish va postlaringizga millionlab reaksiya olish uchun ChatPlace Pro tarifiga 10 kun bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo’ling :
Bundan tashqari, o‘z ijtimoiy tarmoqlarida referal havola bilan post joylashtirganligi uchun 1500 ball olish imkoniyati ham bor edi. Ushbu mexanika tufayli referal tizimi tezkor sur’atlar bilan tarqaldi va kanalga qo‘shimcha tinglovchilarni jalb etishga erishildi.
Referal havolalar orqali kelgan obunachilarning do‘stlari — o‘xshash qadriyatlarga ega bo‘lgan ishonchli auditoriya hisoblanadi.
Referal havola – bu foydalanuvchi o‘z do‘stlarini kanalga obuna bo‘lishga taklif qila oladigan noyob havoladir. Bunday holda ikkala foydalanuvchi ham ball oladi.
Ushbu mexanika tufayli mutaxassis o‘z kanaliga qo‘shimcha 500 nafar obunachini jalb etdi.
Aytgancha, endi o‘yinda referal havolalar orqali qancha foydalanuvchi kelganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqa jadvalida ko‘rish mumkin!
Yangilanish haqida batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.
ChatPlace yordamida referal tizimini qanday sozlash mumkinligi haqida:
- Telegram-kanalingiz obunachilari uchun “O‘sish vositalari” bo‘limida o‘yin yarating, avval tg-botni xizmatga ulang
- “Referal tizim. Havola” va “Referal tizim. Referal” tayyor shablonlarini tanlang
3. Matnni o‘zingizga moslab tahrirlang, endi hammasi tayyor, ishga tushirishingiz mumkin

Geymifikatsiya natijalari
oldin | keyin | o’sish ko’rsatkichi | |
Obunachilar soni | 979 | 2419 | +1.440 |
boost soni | 2 | 156 | +154 |
postlar ”oxvati” | 500 | 2500 | х5 |
reaksiyalar soni | 10 | 300 | х30 |
sotuvlar | x | xx | Mijoz mamnun |
Bonus sifatida obunachilаr Telegram chat-bot’idagi o‘yin tugaganidan so‘ng ham kanaldan chiqib ketishmadi → demak, qiziqish bildirgan maqsadli auditoriya keldi
Telegram’da o‘yinni qanday sozlash va sotuvlaringizni qanday ko‘tarish mumkin?
Bepul Mini-kursda buni o‘rganamiz: