7 kun ichida Telegram’da 70 000 obunachini qanday jalb qilish mumkin

Blogini uzluksiz rivojlantirmoqchi bo‘lgan mutaxassis uchun bir nechta ijtimoiy tarmoqlarni bir vaqtning o‘zida rivojlantirish – auditoriyani turli joylarda saqlab qolishning asosidir. Instagram rivojlanish usullari aniq bo‘lsa-da, Telegram’da vaziyat biroz murakkab, chunki u yerda organik o’sish deyarli yo‘q.

Shohida Ibragimova – moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mutaxassis.

Mahsulot: moliyaviy savodxonlik kursi.

A nuqtasi: Telegram’da 13 ming, Instagram’da 517 ming obunachi. Storis’lar oxvati – 8 000.

Shohidaning maqsadi: Telegram-kanaini rivojlantirib, unda yaxshi sotiladigan vebinar o‘tkazish va kursni sotish.

Ish bosqichlari:

Ekspert ishini yo’lga qo’yish uchun ikki nafar prodyuser birlashdi: birinchisi – ishga tushirish prodyuseri, ikkinchisi — master-guruhning ChatPlace integratori. Ekspertning resurslarini tahlil qilib, mijozlar bazasining asosiy qismi telegram-bot’da joylashgani aniqlandi.

Esda tutingki, akkauntni rivojlantirish va muvaffaqiyatli ishga tushirish ko‘pincha auditoriya  tahliliga bog‘liq, geymifikatsiya ham bundan mustasno emas. Jamoa auditoriyani o‘rganib chiqib, obunachilarni aniq qiziqtiradigan va brend qiyofasiga mos keladigan sovg‘alarni tanladi. Bu mahsulotlar brendning davomi sifatida ko‘rinishi kerak edi.

    Telegram’da quyidagi sovrin fondiga ega 7 kunlik o‘yinni ishga tushirdik:

  • 1-o‘rin – iPhone 15 yoki 900$ qiymatidagi Apple aksiyalari
  • 2-4-o‘rinlar – 700$ yoki Moliyaviy savodxonlik kursida qatnashish imkoniyati
  • 5-o‘rin – Moliyaviy tahlil bilan ekspert ishtirokidagi nonushta
  • 6-200-o‘rinlar – Biznes kitoblar to‘plami
  • 201-500-o‘rinlar – “Passiv daromad qanday yaratiladi” qo‘llanmasi

O‘yinda sovrinlarning ikki turini birlashtirish qarori qabul qilindi:

  1. Umumiy – bu yangi auditoriyani jalb qilishga mo‘ljallangan pul va qimmatbaho narsalardir
  2. Maqsadli – hozirgi auditoriyani jalb qilgan va kursga tayyorgarlik vazifasini bajargan ekspert mahsulotlarida ishtirok etish tarzidagi sovrinlar

Mijoz yo‘lini batafsil o‘ylab chiqib, jamoa o‘yinga Instagram orqali kirib, Telegram-bot’ga o‘tishni rejalashtiвi. Bu quyidagicha ko‘rinishga ega edi:

Telegram obunachilarini qanday jalb qilish va ularni o‘yinga qo‘shilishga undash mumkin:

  1. Instagram’dagi video ostiga izoh yozish
  2. Telegram-kanalga o‘tish
  3. Postdagi havola orqali bot’ni ishga tushirish

Shunday qilib, mijoz yo‘lining birinchi bosqichida ishga tushirilgan reelslarning umumiy ‘’oxvati’’ 1 400 349 nafar, Telegram-kanalga obunachilar oqimi esa 29 207 (2%) nafar kishini tashkil etdi.

Reels ostidagi izohdan so‘ng, chat-bot foydalanuvchilarni Telegram’ga yo‘naltirdi. U yerda bot orqali ular o‘yin qoidalarini va ballarni qanday to‘plashni o‘rganishdi, kanalga obuna bo‘lishdi hamda ballar ishlab topish va sovg‘alarga almashtirish uchun faollik ko‘rsatishdi.

Qiziqarli fakt: 86 000 kishi ishtirok etdi, ularning 56 000 nafari referal tizim orqali keldi. Bu tizim haqida, Telegram’da obunachilarga qanday jalb qilish va tizimni qanday sozlash to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bepul mini-kursimizning 5-darsida aytib o‘tdik.

🎥 Darsni ko‘rish

Efirdan so‘ng, modullar haqidagi ma’lumotdan tashqari, kurs tafsilotlarini batafsil yoritadigan savol-javob rubrikasi o‘tkazildi va unda kursni xarid qilganlar uchun qo‘shimcha yutuqli o‘yin tashkil etildi


Sotuvlar yakunida obunachilarga ta’sir o‘tkazish va ularni qiziqtirish maqsadida Shohida o‘tgan oqimda qatnashgan o‘quvchisini taklif etdi. U o‘zining muvaffaqiyatli ta’lim olish tajribasini so‘zlab berdi.

Endi jonli auditoriyani qiziqarli kontentga jalb etish qoldi. Bu yerda geymifikatsiyada ball berish usuli yordamga keladi. Ballar to‘plash uchun obunachilar shunchaki reaksiya bildirmaydilar va izohlarda emoji yozmaydilar, chunki bot faqat ma’lum miqdordagi belgilardan iborat izohlar uchun ball beradi. Bunday izoh yozish uchun esa postni o‘qib, u haqida fikr bildirish yoki savol berish osonroq.

Quyida o‘yinda qo‘llanilgan strategiya doirasidagi barcha usullar ro‘yxati keltirilgan.

Ballar quyidagilar uchun berildi:

• Telegram-kanaldagi reaksiyalar va izohlar

• Boost

• Do‘stlarni kanalga qo‘shilishga taklif qilish

• Instagram’ga obuna bo‘lish• Telegram’da qo‘shimcha vazifalar

ChatPlace yordamida Telegram’da o‘yin yaratamiz


1. Yangi botni BotFather’da ro‘yxatdan o‘tkazib, uni geymifikatsiya o‘tkaziladigan kanalning administratori etib tayinlaymiz

2. ChatPlace’dagi “O‘sish vositalari” bo‘limiga o‘tib, yuqoridan ushbu botni tanlaymiz

3. Ballar qanday qilib berilib borishini sozlaymiz, tavsif qo‘shamiz va “o‘yinni boshlash” tugmasini bosamiz

4. O‘yin shartlarini taqdim etadigan, ballarni hisoblash va referal havolalarni beradigan avtomatlashtirishlarni yaratamiz

5. Avtomatlashtirish yaratishning oson usuli – ChatPlace’dagi tayyor shablonlardan foydalanish. Shunchaki ularni o‘zingizga moslab tahrirlash kifoya qiladi

O‘yin tayyor, endi ishtirokchilarni to‘plab, ularga sovrinlar haqida so‘zlab berish mumkin

Birinchi o‘yiningizni ishga tushirib, sinab ko‘rishingiz uchun ChatPlace’ning barcha vositalaridan 14 kun bepul foydalanish imkoniyatini sovg‘a qilamiz:

Geymifikatsiya natijalari

O’yindan oldinO’yindan keyinO’sish ko’rsatkichi
Telegram-kanaldagi obunachilar13 70084 700
+71 000
Telegram postning ”oxvati”9 40038 100+305%
Instagram’dagi obunachilar 517 000533 000+15 000
Storis oxvatlari830016 800+102%

Ushbu ‘’oxvatlar’’ yordamida 610.000$ lik sotuvlarga erishildi

Blogingizni rivojlantirish uchun geymifikatsiyaning afzalligi nimada

Obunachilarni faollikka jalb etish

1.

Agar sizda harakatga keltirish kerak bo‘lgan asosiy auditoriya mavjud bo‘lsa, o‘yin buning uchun eng yaxshi yechim. Bu faollikning kuchli o‘sishi bo‘lib, u tufayli bir necha kun ichida ‘’oxvat’’ni oshirish mumkin. Bu, ayniqsa, barcha ko‘rsatkichlar pasaygan paytda ishga tushirishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Sodiqlikni oshirish

Obunachilar kontentni ko‘rishga, munosabat bildirishga va mazmunli izohlar yozishga undaladilar. Buning uchun ular barcha postlaringizni o‘qishlari lozim. Shu orqali foydalanuvchilar kontentga jalb etiladi va blogingiz mavzusiga qiziqishlari ortadi. Kanalingiz boshqalardan ajralib turadi, unga ko‘proq e’tibor qaratiladi.

Qiziqish uyg‘otish

O‘yin – bu o‘ziga xos targ‘ibot vositasi bo‘lib, yangi va g‘ayrioddiy narsa sifatida e’tiborni jalb etadi. O‘yin e’loni bilan Reels kalit so‘zini yozishga undaydi → ko‘plab izohlarni to‘playdi → odatda reytingda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Geymifikatsiya paytida ijtimoiy tarmoqlardagi faollik sezilarli darajada oshadi, bu esa foydalanuvchilarning e’tiborini tortadi.

Mini-kursda Instagram va Telegram’da o‘yinni qanday sozlash va Telegram-kanalga qanday qilib tezda obunachi yig‘ish haqida batafsil ma’lumot beramiz:

How useful was this post?

Click on a star to rate it!

Average rating 0 / 5. Vote count: 0

No votes so far! Be the first to rate this post.

Scroll to Top