
Jarayonlarni avtomatlashtirish va savdo voronkalarining muhimligini eshitgansiz, ammo har safar murakkab vositalar bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelasizmi? Hayotingizni osonlashtiradigan yechim bor.
Voronka yaratish bo‘yicha mutaxassis, prodyuser va marketolog Murodjon bilan tanishing. U ham xuddi shunday qiyinchiliklarni boshdan kechirgan: betartib interfeyslar, noaniq harakatlar va jarayonlarga ko‘p vaqt sarflash. Biroq, u ChatPlace’ni kashf etgach, hamma narsa o‘zgardi. Agar siz ham ishingizni yengillashtirmoqchi va shunday natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, bizning keysimizni o‘qing.
Hammasi nimadan boshlangan

Ekspert: Murodjon – voronka yaratish bo‘yicha mutaxassis, prodyuser va marketolog
A nuqtasi: voronkalar bilan bog‘liq qiyinchiliklar, tushunarsiz interfeys, moliyaviy cheklov
ChatPlace bilan ishlashni boshlashdan oldin chat-bot’larni yaratish uchun konstruktorlardan foydalanish qiyin edi. Interfeys va foydalanuvchi tajribasi xalaqit berardi – nima qilish kerakligini tushunish, qayerga va nima uchun bosish kerakligini anglash qiyin edi. Konstruktorlar bilan ishlashga ko‘p vaqt ketardi.
Mutaxassis ChatPlace’ni sinovdan o‘tkazishni boshlaganida, boshqa dasturlarga qaraganda ancha qulay va yorqin interfeysni darhol payqadi, bu bilan ishlash sezilarli darajada osonroq edi.
Murodjon ChatPlace’ni mustaqil ravishda o‘rganishga kirishdi – turli yondashuvlarni sinab ko‘rdi, voronkalar bilan tajribalar o‘tkazdi, shablonlarnii o‘rgandi, ularning tuzilishini tahlil qildi va ularni o‘z vazifalariga moslashtirish ustida ishladi.
Asosiy vazifa: ChatPlace’ni mijozlar loyihalariga va o‘z profiliga joriy etish.
Murodjon:
“Men uchun ChatPlace avtomatlashtirish va rivojlanish uchun universal yechimga aylandi.”
Siz ham blogingiz faoliyatini o‘zgartirishingiz mumkin – ChatPlace’da ro‘yxatdan o‘ting va hoziroq targ‘ibotni boshlang. Barcha yangi foydalanuvchilarga xizmatning barcha funksiyalaridan 10 kun davomida foydalanish imkoniyatini taqdim etamiz:
Nima qilindi
Asosan ish uchun 3 ta bog‘lam ishlatiladi:
• Obunani tekshirish va lid-magnitni taqdim etish. Hozirda bu – ekspertning eng sevimli vositalaridan biriga aylandi, chunki u yordamida loyihalarga yuz minglab obunachini jalb qilishga erishdi.
• Geymifikatsiya. Ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi o‘yinlar orqali faollikni va ‘’oxvatni’’ sezilarli darajada oshirish, auditoriyani jarayonga jalb qilish hamda ularning o‘zlari postlarni kuzatib, izohlarda fikr bildirishlariga erishish mumkin.
• Avtovoronkalar yordamida onlayn mahsulotlarni sotish. Bu vosita orqali mahsulotlar sotuvini osonlik bilan avtomatlashtirish, konversiyani oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini sezilarli darajada kamaytirish imkoniyati mavjud.

ChatPlace yordamida ijtimoiy tarmoqlarda sotuvni amalga oshirish yanada osonlashdi – mijozlar Telegram yoki Instagram’dan chiqmagan holda mahsulotlaringizni xarid qilishlari uchun to‘lovlarni qabul qilishni ulash mumkin. Ulanish haqida batafsil ma’lumotni “ChatPlace bilan daromadingizni oshiring: to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatda to‘lovni qabul qiling va tekshiring” maqolasida o‘qing.
Bizda boshqa misollar ham bor, jumladan:
Yelena Jonsning keysi: daromadini 5 barobarga oshirish
‘’Buyer’’ keysi: ChatPlace sinov davridagi foydalanishda ‘’oxvat’’ni 420 barobarga o‘sishi
Numerolog keysi: 1900 ta izoh to‘plash va sotuvni oshirish yo‘li
“Metod” jurnali keysi: onlayn jurnal ‘’oxvati’’ va ta’sirini 2-3 barobarga oshirish usuli
Natijalar
B bosqichi: bozor yetakchilari bilan hamkorlik, daromadni ikki barobar oshirish, avtomatlashtirish tizimlarini oson sozlash, ChatPlace 30-40 ta loyihaga joriy etilgan.
ChatPlace tufayli qahramoniz yirik mutaxassislar va blogerlar bilan ishlashni boshladi.
Murodjon amalga oshirgan yirik natijalar haqida qisqacha aytib o‘tamiz:
- Birinchi kanal. O‘yin va chat-bot yordamida 40-45 ming kishini jalb etishga erishildi.
- Ikkinchi kanal. Kanalga 45 ming yangi obunachi qo‘shildi, ulardan 20-25 ming kishi o‘yinda ishtirok etdi.
- Uchinchi kanal. ChatPlace vositalari joriy etilgandan so‘ng, kanalga qo‘shimcha 40-50 ming kishi jalb qilindi.

ChatPlace vositalari B nuqtaga yetishishga qanday yordam berdi. Ushbu servis ekspertning ishini yengillashtirdi va u bilan ishlaydigan loyihalarning samaradorligini oshirdi. Bu esa daromadni ko‘paytirishga va muloqot doirasini kengaytirishga imkon berdi.
Agar sizga ChatPlace bilan ishlash murakkab tuyulsa, avtomatlashtirishni qanday ishga tushirish, chat-botlarni qanday ulash va boshqa ko‘plab narsalarni bosqichma-bosqich ko‘rsatib beradigan bepul mini-kursimizni o‘rganing:
Blogimizda akkauntingizni qanday va qaysi vositalar orqali rivojlantirish va vazifalaringizning bir qismini qanday avtomatlashtirish haqida batafsil ma’lumot beramiz.